Noutonenoutone.uz
Bosh sahifa

Kafolat shartlari va qoidalari

Ushbu kafolat sotib olingan noutbukning texnik nosozliksiz ishlashiga kafolat beradi. Iltimos, quyidagi shartlar bilan diqqat bilan tanishib chiqing.

Kafolat muddati

Yangi

24 oy (2 yil)

Open Box, C-REF, B/U

12 oy (1 yil)

Akkumulyator kafolati

Umumiy kafolat noutbuk batareyasiga amal qilmaydi. Batareyaning quvvat saqlashi va zaryadlagichi uchun xarid kunidan boshlab 10 kunlik kafolat beriladi.

Nuqson aniqlansa

Xarid qilingan kundan boshlab 10 kun ichida noutbukda zavod nuqsoni aniqlansa, u to‘liqligicha yangi qurilmaga almashtirib beriladi.

10 kundan keyingi xizmat

10 kundan o‘tib aniqlangan barcha zavod nuqsonlari rasmiy Servis Markazi tomonidan bepul ta’mirlanadi.

Kafolat quyidagi holatlarda bekor qilinadi

  • Qurilmaga mexanik shikast yetkazilganda (tushib ketish, sinish, qattiq zarba izlari).
  • Qurilma ichiga suyuqlik kirganda yoki namlik ta’sirida zarar ko‘rganda.
  • Servis markazidan tashqarida, mustaqil ravishda yoki boshqa ustalar tomonidan ochilgan va ta’mirlangan bo‘lsa.
  • Elektr tarmog‘idagi kuchlanishning keskin o‘ynashi natijasida kuyish holatlari yuz berganda.

Kafolat bo‘yicha savollaringiz bormi?

Qo‘ng‘iroq qiling yoki yozing — yordam beramiz.