Noutone jamoasi uchun eng birinchi o‘rinda tijorat emas, balki mijozning roziligi turadi. Bizning do‘konimizdan har bir mijoz o‘z ehtiyojiga va byudjetiga mos keladigan to‘g‘ri noutbukni topib, yuzida tabassum bilan chiqib ketishi shart.
Nima bo‘lgan taqdirda ham, har bir xaridorga halol, shaffof va samimiy xizmat ko‘rsatish — bizning o‘zgarmas tamoyilimizdir.
Kichik online do‘kondan sohadagi yetakchi o‘ringacha bo‘lgan yo‘l:
Birinchi qadamlar
Faoliyatimizni kichik, ammo ishonchli online savdo bilan boshladik. Dastlabki noutbuklarimiz o‘z egalarini topib, sifatli xizmatimizga zamin yaratdi.
Uzum Marketga kirib kelish
Bozorda o‘z o‘rnimizni mustahkamlab, Uzum Market platformasida faol savdoni yo‘lga qo‘ydik.
Uzum Marketda №1
Mijozlarimiz ishonchi sabab, Uzum Market platformasida "Noutbuklar" kategoriyasi bo‘yicha sotuv hajmi bo‘yicha TOP-1 sotuvchiga aylandik.
Yangi bosqich sari
Yangi marralarni zabt etish va mijozlarga bevosita, sifatliroq xizmat ko‘rsatish maqsadida Uzum Marketdagi faoliyatimizni yakunladik va shaxsiy infratuzilmamizni rivojlantirishga kirishdik.
Birinchi oflayn do‘kon va Halol muddatli to‘lov
O‘zimizning birinchi rasmiy oflayn do‘konimizni ochdik. Rastalarimizda 25+ dan ortiq turdagi eng so‘nggi noutbuk modellari joy oldi. Shuningdek, shariat shartlariga to‘liq mos keladigan Alif Shop (Alif Nasiya) bilan rasmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik.
Alif Shopda №1 Yetakchi
Alif tizimiga ulanganimizdan so‘ng atigi 6 oy ichida sotuv hajmi va sotilgan noutbuklar soni bo‘yicha Alif Shop platformasida "Noutbuklar" kategoriyasida TOP-1 o‘rinni egalladik.
To‘g‘ri tanlov
Sizga shunchaki qimmat modelni emas, aynan sizning vazifalaringizga (o‘qish, ish, dasturlash, grafik dizayn) mos keladigan noutbukni tanlab beramiz.
Halol shartlar
Yashirin komissiyalar va nohalol ustamalarsiz, shaffof savdo.
Kafolatlangan xizmat
Bizdan xarid qilingan har bir texnika rasmiy kafolat va texnik qo‘llab-quvvatlovga ega.
Bizning Oliy Maqsadimiz
Halollik foydadan ustun.